Ijtimoiy tarmoqda "Oysha xola ismli YPX xodimi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
️Joriy yilning 30 aprel kuni Toshkent viloyati IIB YHXB YPX inspektori F.Mavlonov Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan vaqtida me`yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "Lasetti" rusumli avtomobilni to`xtatgan. Tekshiruv jarayonida haydovchi 2004 yil to`g`ilgan A.A.ning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo`qligi (yoshi to`g`ri kelmasligi) aniqlangan.
️Xodim ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib avtomobilni jarima maydoniga yuborilishini aytgandan so`ng haydovchi xodimga nisbatan faol qarshilik ko`rsatgan va video tasvirga olishni boshlagan.
️Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.
️Holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan to`plangan hujjatlar qo`rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo`yicha Quyichirchiq tuman sudiga yuborilgan.






