Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridan Toshkentga 12 iyundan haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar qo`yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Dunyo» xabar berdiberdi.
Ma`lum qilinishicha, 13 may kuni O`zbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralari hamda Saudiya Arabistonining «Flynas» aviakompaniyasi va «Seera» turistik agentligi vakillari o`rtasida videokonferensiya shaklidagi muloqot tashkil etilgan. Unda 2021 yil yanvar oyida «Uzbekistan airways» AJ va Saudiyaning «Flynas» aviakompaniyasi o`rtasida imzolangan memorandum bo`yicha fikr almashilgan.
Shuningdek, Saudiya Arabistonida O`zbekiston turizm salohiyatini targ`ib etish orqali saudiyaliklarning mamlakatga sayohatlarini uyushtirish masalalari muhokama qilingan. «Flynas» aviakompaniyasi vakillari 2021 yil 12 iyundan boshlab Ar-Riyod–Toshkent–Ar-Riyod yo`nalishi bo`yicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni rejalashtirganini ma`lum qilgan.