AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda 6 kishining o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi

'Qoraqalpog`istonda 6 kishining o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Nukus shahri yaqinida 3ta avtomobil ishtirokidagi mudhish yo`l-transport hodisa natijasida 6 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz sayti xabar berdi.

Qoraqalpog`iston YXHB matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea 11 may kuni sodir bo`lgan. Nukus-To`rtko`l yo`lining 225 kilometri (Chilpiq yodgorligi qarshisi)da Cobalt, Nexia va Damas o`zaro to`qnashib ketgan. Avariya natijasida jami 6 kishi halok bo`lgan.

Cobalt`dagi 1 nafar yo`lovchi, Nexia`dagi 4 nafar yo`lovchi va Damas haydovchisi voqea joyida jon bergan. Nexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan. Ularning holati bo`yicha ma`lumot yo`q.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar