AQSh qurolli kuchlari zarurat tug`ilsa, Koreya Xalq Demokratik Respublikasining yadro kuchlariga zarba berib, ularni yo`q qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur qarorni Amerika mudofaasi vakili e`lon qilgan.
KXDR rahbari Kim Chen In mamlakat yadro kuchlari har daqiqada dushmanga zarba berishga tayyor turishi kerakligini e`lon qilganidan so`ng, Pentagon Shiomliy Koreya yadro kuchlari tug`diradigan xavfning past darajada ekanligini ma`lum qildi.
“AQSh hukumatining vaziyatga bergan bahosi o`zgarishsiz qoladi. Biz Shimoliy Koreya tomonidan yadro quroli va ularning ballistik raketalar bilan ta`minlanganligini namoyish etganini ko`rmadik”, —dedi u.
Ma`lumot uchun, bundan avval Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In KXDR yadro qurollarini istalgan vaqt ishlatishga tayyorlab qo`yishni buyurgani haqida xabar bergan edik.





