AsosiyJinoyat

Namanganda kissasiga giyohvand yashirgan fuqaro qo`lga olindi

'Namanganda kissasiga giyohvand yashirgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

8 may kuni Namanganda o`tkazilayotgan “Qoradori-2021” keng qamrovli tadbiri davomida, Chortoq tumanida giyohvand moddalar savdosi bilan bog`liq bo`lgan jinoyat ishi fosh etildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 8 may kuni soat 13:00 larda, Chortoq tumani hududida joylashgan choyxonada o`tirgan 1964 y.t. fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, egnidagi kostyumining yon cho`ntagida o`tkir hidli, qoramtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan.

Fuqarodan giyohvandlik modda qaerdan olingani so`ralganda, u mazkur moddalarni Uchqo`rg`on tumanida yashovchi tanishidan sotib olganligini  ma`lum qilib, tezkor tadbirni davom ettirish istagini bildirgan. Xolislar ishtirokida tezkor tadbir davom ettirilganda, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1970 y.t. fuqaro "Matiz" rusumli avtomashinada Chortoq tumaniga kelib, tadbirga jalb etilgan shaxsga ikki dona qora rangli elim paketlarga o`ralgan moddani 200 AQSh dollari va 100.000 so`mga sotgan vaqtida, xodimlar tomonidan ushlangan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko`ra, sotilgan moddaning sof og`irligi 19.53 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi, fuqaroning yonidan olingan moddaning sof og`irligi esa 0,82 gramm bo`lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan ikki fuqaroga ham jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar