AsosiyJamiyat

Buxorolik fuqaro xotinini pichoqladi. Ayol komada

'Buxorolik fuqaro xotinini pichoqladi. Ayol komada'ning rasmi

Buxoroda xotinini pichoqlashga uringan er qo`lga olindi. U qasddan odam o`ldirishda ayblanmoqda.

Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida yashovchi fuqaro xotinini pichoqlab, uning joniga qasd qilish jinoyatini sodir etdi. Bu haqda «Daryo» ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, 2021 yilning 11 may kuni soat 20:30 da Qorako`l tumanidagi «Regi Haydar« mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi 48 yoshli fuqaro Sh.I. turmush o`rtog`i P.N. bilan oilaviy kelishmovchilik sabab tortishib qolgan. Xonadon oshxonasida davom etgan tortishuv janjalga aylangan. Sh.I. jahl va g`azabga berilib, turmush o`rtog`iga oshxona pichog`i bilan tahdid qilgan va uning hayoti uchun muhim bo`lgan tana a`zolariga ikki marotaba zarb bilan urgan. Er o`z xatti-harakatini yana davom ettirmoqchi bo`lganda hodisa joyida bo`lgan o`g`li va kelinining faol qarshiligiga duch kelgan. Ayol og`ir ahvolda tuman markaziy kasalxonasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Ma`lum qilinishicha, fuqaro P.N. ayni paytda hushiga kelgan va sog`lig`i tiklanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-moddasining 1-qismi bilan (qasddan odam o`ldirish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi qo`llanilib, ushlangan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Ushbu jinoyat ishi 14 may kuni viloyat IIB boshlig`i Shuhrat Aliev hamda tuman mutasaddi rahbarlari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama jarayonida ushbu mahallada huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida mahalla mutasaddilari va huquq-profilaktika inspektorlarining kamchiliklari tanqid qilindi», — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

    Boshqa yangiliklar