AsosiyJamiyat

Shahnoza Mirziyoeva Otabek Umarovni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi va og`ir damda ularga ko`maklashgan do`stlariga minnaddorlik bildirdi

'Shahnoza Mirziyoeva Otabek Umarovni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi  va og`ir damda ularga ko`maklashgan do`stlariga minnaddorlik bildirdi'ning rasmi

Bugun, Otabek Umarov o`zining 37 yoshini qarshiladi. Shahnoza Mirziyoeva turmush o`rtog`ini o`z Instagram sahifasida tabrikladi va og`ir damda ularga ko`maklashgan do`stlariga minnaddorlik bildirdi:

Bu hayotda oila va uning tinchligidan muhimroq hech narsa yo`qligiga ko`p bora amin bo`lganman. Suygan insonlarim yonimda, tani-jonlari sog`, o`zlari xursand bo`lib yurishlari — men uchun haqiqiy baxt. O`z baxtimni ular bilan ko`rib, his qilib turaman. Hayot seni sinovlarga solganda, aziz insoningning  umri xavf ostida qolganda, bu baxtning qadrini yana ham chuqur his etarkansan kishi. Sinovlar odatiy turmushigni alg`ov-dalg`ov qilib, ilgari e`tibor bermagan, ahamiyat qilmagan hayotning qorong`u va qo`rqinchli tomonlari bilan yuzma-yuz qilar ekan.

Ha, bizning holatimizda qo`llab-quvvatlash kuchli bo`ldi. Bu kuch ortidan biz kuch oldik, irodali bo`ldik.

Aziz va hurmatli Do`stlarimiz! Yordamingiz uchun sizlarga katta Rahmat.

Bugun azaz insonimning tug`ilgan kunida men faqat bir narsa aytmoqchiman; Parvardigor sizni asrasin, sog`-salomat va baxtli bo`ling, agar siz baxtli bo`lsangiz, men ham baxtli bo`laman, bizning bolalarimiz ham baxtli bo`lishadi. Biz esa doimo yoningizda bo`lamiz, hamma narsani engib chiqamiz.

Sevgi va o`zaro tushunish bo`lgan uyda esa — hamma narsa engib chiqiladi. Tavallud ayyomingiz bilan!

    Boshqa yangiliklar