AsosiyJamiyat

Belarus fuqarosi O`zbekistonga piyoda kelishga qaror qildi

Belarus fuqarosi 30 ming kilometrlik masofani piyoda bosib o`tish uchun 1 martdan yo`lga chiqdi, deb xabar berdi “Uz24.uz” nashri. 

Belarusning Grodno shahrida yashovchi Sergey Moroz Belarus, Rossiya, Mo`g`iliston, Qozog`iston, O`zbekiston va Qirg`izston orqali 30 ming kilometrlik masofani piyoda bosib o`tish uchun safarga chiqdi. Sayohatchi bu masofani 4 yil mobaynida bosib o`tishni rejalashtirgan. Safarning birinchi kuni qor bo`ron bo`lgani bois, Sergey atigi 25 kilometr yo`l bosdi. U o`z hisobidan uzoq masofalarga sayohatga chiqqanda zarur bo`ladigan ekonom-klass vositalarini sotib oldi. Texnikadan esa GoPro  kamerasi va do`sti sovg`a qilgan smartfon bor. Sergey bor bisotini kichkina aravachaga ortib olgan.

    Boshqa yangiliklar