DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi va departament tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori mahalliy MChJ ta`sischisidan 3,5 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu pul evaziga mas`uliyati cheklangan jamiyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini va`da qilgan.






