Marg`ilon shahar Xalq ta`limi bo`limida ishlab kelayotgan Azizov Ne`mat Xakimovich Xalq ta`limi vazirining 2020 yil 26 noyabrdagi 559-k-sonli buyrug`iga asosan ishdan bo`shatilgan ekan.
U bilan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 97-moddasi 1-bandiga asosan taraflarning kelishuviga ko`ra bekor qilingan.
Biroq, xodim mazkur buyruq noqonuniy ekanligini, ish beruvchi bilan xodim o`rtasida hech qanday kelishuv bo`lmaganligi, u ishdan bo`shash yuzasidan hech kim bilan kelishmaganligini bildirib, vazirning buyug`ini bekor qilish hamda ishga tiklash to`g`risida sudga da`vo kiritgan.
Natijada, fuqarolik ishlari bo`yicha Marg`ilon tumanlararo sudining 2021 yil 30 martdagi hal qiluv qaroriga asosan Xalq ta`limi vazirining N.X.Azizov bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi 2020 yil 26 noyabrdagi 559-k-sonli buyrug`i bekor qilinib, xodimni Marg`ilon shahar xalq ta`limi bo`limi mudiri lavozimiga qayta tiklanishi belgilangan.
Biroq, fuqaro N.X.Azizovni ishga tiklash haqidagi ushbu sud qarori amalda ijro qilinmagan va u o`z ishiga tiklanmagan.






