AsosiyJamiyat

Xorazmda "Damas" bilan to`qnashgan "Lasetti" yonib ketdi

'Xorazmda "Damas" bilan to`qnashgan "Lasetti" yonib ketdi'ning rasmi

️Joriy yilning 15 may kuni soat 17:20larda, Xorazm viloyati, Urganch shahri "Xiva-Urganch" yo`lining 1-kilometrida haydovchi, 26 yoshli X.Sh. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli hamda haydovchi, 36 yoshli M.F. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.  Zarb oqibatida "Lasetti" rusumli avtomobil yo`lni chetidagi beton to`siqqa urilgan va dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.

Yong`in bartaraf etilgan. To`qnashuv va yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.

Aytilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Urganch shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar