Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan “Yirtqich hayvonlarni ovlashning qonun-qoidalari” mavzusida matbuot anjumani o`tkaziladi. Bu haqda qo`mita Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, qo`mita rahbariyati bevosita ishtirok etadigan ochiq muloqot davomida keyingi kunlarda ko`p takrorlanayotgan barcha savollar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning e`tirozlariga atroflicha javob beriladi.
Matbuot anjumani ertaga, 17 may, dushanba kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (AOKA) zalida soat 14:00 da boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, rossiyalik ovchi Ekologiya qo`mitasi raisining ruxsati bilan "O`zbekiston Qizil kitob"iga kiritilgan ayiqni otib o`ldirgan edi. Bu holat jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab bo`ldi.






