Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Sh.Rixsieva o`quv jarayoni 2021-yil 17-maydan an`anaviy shaklda davom ettirilishini ma`lum qilgan.
Mamlakatimizdagi COVID-2019 bilan bog`liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib 22.04.2021-yil 160-UM buyruq bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o`quv jarayoni 22-apreldan 6-mayga qadar masofaviy shaklga o`tkazilgan edi.
Talabalar Ramazon hayiti bayramini oila davrasida munosib nishonlashiga sharoit yaratish maqsadida 30.04.2021-yil 165-UM-sonli buyruq bilan universitetdagi masofaviy ta`lim muddati 15-mayga qadar uzaytirildi.
17- maydan e`tiboran esa universitet to`liq offline , ya`ni an`anaviy ta`lim tizimiga o`tadi. Shuningdek, davlat imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlar himoyalari ham 100% an`anaviy tarzda o`tkaziladi.






