O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to`g`risida»gi Nizom ijrosini ta`minlash maqsadida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko`chasi, 21-uy ) 2021 yil 25 - 28 may kunlari sohalar bo`yicha sinov testlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
«Huquqshunoslik», «Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot», «Iqtisodiyot», «Qishloq xo`jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish» hamda «O`qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar» sohalari bo`yicha sinov testlari o`tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro`yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
👉Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot
👉Qishloq xo`jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish
Sinovlar karantin qoidalariga qat`iy amal qilgan holda o`tkaziladi.
Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:
Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o`z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro`yxatida mavjud bo`lmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi bo`lmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.






