AsosiyJamiyat

Farg`onada haydovchini pichoqlab, "Spark"ini olib qochgan o`g`ri manziligi etmasdan ushlandi

'Farg`onada haydovchini pichoqlab, "Spark"ini olib qochgan o`g`ri manziligi etmasdan ushlandi'ning rasmi

Joriy yilning 15 may kuni soat 21.23 da Farg`ona shahar shifoxonasiga 1999 yilda tug`ilgan Farg`ona shahrida yashovchi fuqaro A.Z. o`tkir tig`li jismdan qoriniga tan jarohati etkazilgan holda olib kelingan. Bu haqda Milliy gvardiya Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida fuqaro A.Z. ni shu ahvolda yo`lda ko`rib qolib o`z avtomashinasida shifoxonaga olib kelgan yo`lovchi, bemorning so`ziga ko`ra o`ziga tegishli "Spark" rusumli 40 V 097 NA davlat raqamli oq rangli avtomashinani noma`lum shaxs tomonidan kuch ishlatib olib ketilgani haqida gapirib berganini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan Milliy gvardiya va viloyat IIB xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir davomida 16 may soat 4.50 da Farg`ona tumani Damqul mahallasi hududida xabarda ko`rsatilgan oq rangdagi "Spark" rusumli davlat raqami 40 V 097 NA bo`lgan avtomashina to`xtatilib haydovchi qo`lga olingan.

 Avtomashina boshqaruvida bo`lgan shaxs Quvasoy shahrida yashovchi 2003 yilda tug`ilgan fuqaro M.M ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar