1

Namanganda haydovchining ehtiyotsizligi sabab yo`lovchi ayol vafot etdi

Jamiyat 16.05.2021, 17:12
Namanganda haydovchining ehtiyotsizligi sabab yo`lovchi ayol vafot etdi

2021 yil 11 may kuni 09:30 larda, Chortoq-Yangiqo`rg`on yo`lining 22 km.da, Gulshan MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro "Neksiya"  avtomashinani ishonch qog`ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`ng chetiga chiqib ketib, olma daraxtiga urilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada Haydovchi bosh miya yopiq shikasti, yuz va o`ng qo`l tirsaklari shilingan jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Chortoq tumanida yashagan, 1983 yilda tug`ilgan ayol tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 may kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1