AsosiyJinoyat

Past Darg`omda kanaldan 10-sinf o`quvchisining jasadi ko`zi bog`langan holda topildi

'Past Darg`omda kanaldan 10-sinf o`quvchisining jasadi  ko`zi bog`langan holda topildi'ning rasmi

12 may kuni Samarqand viloyati Past Darg`om tumani Do`stlik mahallasi hududidan oqib o`tuvchi anhordan 17 yosh qizning jasadi topilgan. Qiz Past Darg`om tuman Chandir qishlog`ida yashovchi, shu tumandagi 45-maktabning 10-sinf o`quvchisi bo`lgan. Bu haqda marhumaning yaqinlari kun.uz  ga ma`lum qilgan. 

Qizning otasi Rahmatulla Suyarov 11 may kuni qizi ro`za tutish uchun saharlik tayyorlashga uyg`onib, birozdan so`ng yo`qolib qolgan. Oilasidagilar uni yo`qolib qolganini soat tonggi beshlarda  payqashgan. Tezda izlashni boshlab, IIBga xabar berishgan. Ko`p o`tmay qishloqdagi anhor yaqinidan uning qo`l telefoni va oyoq kiyimi topilgan.

12 may kuni ertalab tongi soat 5 lar atrofida qizning jasadini anhordan ko`zi bog`langan holda topilgan. Topilgan vaqtda uning yuzida jarohatlar, burni ustida tirnoq izlari bo`lgan.

"Biz o`zimiz ko`rgan jarohatlar, keyinroq topilgan guvohning so`zlaridan kelib chiqib, qizimizni to`rt nafar odam avval nomusiga tegib, keyin o`ldirgan degan gumondamiz. Buni gumonlanuvchilarning o`zlari ham tan olishgan», – degan marhumaning otasi.

Marhumaning yaqinlariga ko`ra, qiz yo`qolgan kuni tong saharda uning qo`lida bo`lgan telefonga begona raqamdan javobsiz qo`ng`iroq bo`lgan.

«Raqam egasini topdik. Shu qishloqda yashovchi yigit H.O. ekan. U nima sababdan qo`ng`iroq qilganini aytib berdi. Unga ko`ra, H.O. 11 may kuni tong saharda to`rt nafar bolaning qizimizni quvayotganini ko`rgan. Ularni insofga chaqirgan, keyinroq ulardan ikki nafari H.O.ning qo`lidagi telefondan qizga qo`ng`iroq qilgan», – deyishgan qizning yaqinlari.

Samarqand viloyat prokuraturasining huquqiy axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi mas`ul xodimiga ko`ra, dastlabki ma`lumotlarga asosan mazkur holatda qotillik sodir bo`lmagani va qiz o`z joniga qasd qilgan bo`lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Prokuratura mas`ul xodimiga ko`ra, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan bo`lib, uning natijasi ko`p savollarga oydinlik kiritadi. Ta`kidlanishicha, tez orada voqea yuzasidan rasmiy ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar