Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to`plagan yoshlarga xarajatlarni qoplab berish bo`yicha davlat xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma`lum qildi.
Bunda, imtihon topshirish xarajati kompensasiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro`yxati tasdiqlangan. Mazkur ro`yxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan. Imtihon topshirish xarajati 2021 yil 1 maydan boshlab kompensasiya qilinishi boshlanadi.
CAE, DAF, JLPT, HSK va boshqalar bo`yicha xarajatlar 2022 yil 1 yanvardan boshlab kompensasiya qilinadi.
️Ariza beruvchi imtixon topshirish vaqtida 31 yoshga to`lmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lishi mumkin.
Ushbu davlat xizmati uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali murojaat qilinishi mumkin bo`ladi.
Imtixon xarajatlari O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.






