AsosiyJamiyat

Farg`onada suv talashgan yigitlar bir-birlarini toshbo`ron qilishdi

'Farg`onada suv talashgan yigitlar bir-birlarini toshbo`ron qilishdi'ning rasmi

2021 yilning 9 may kuni soat 21:00 larda 25 yoshli R.Shuhratjon va 24 yoshli S.Abduqaxxorlar Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani Bo`ston qishlog`i hududidagi bog` maydonida tanishlari 22 yoshli Yu.Mirolim va 36 yoshli Q.Bilollar bog`ga suv quyib yurganliklarini ko`rib, ularning oldiga kelib, suv tufayli janjallashib, ularni erda yotgan tosh bo`laklari bilan toshbo`ron qilishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.Mirolim va Q.Bilollar “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir turdagi jarohatlar” olganliklari ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar