AsosiyJamiyat

2021 yilda Toshkent metrosiga yana qo`shimcha 9 ta bekat quriladi

'2021 yilda Toshkent metrosiga yana qo`shimcha 9 ta bekat quriladi'ning rasmi

Joriy yilning 17 may kuni poytaxtdagi "WYNDHAM Tashkent" mehmonxonasida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan "O`zbekiston Respublikasining transport infratuzilmasi,islohotlar natijalari va rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari" mavzusida OAV bilan ochiq muloqotda sohadagi 2021 yilda foydalanishga topshiriladigan yirik loyihalar haqida ma`lumot berildi. 

Unga ko`ra, yuqori tezlikda harakatlanuvchi 2 ta Talgo-250 rusumli yo`lovchi elektr poezdini olib kelish;

Toshkent shahrida er usti xalqa metro yo`lining metrosining umumiy uzunligi 14,0 km bo`lgan II-bosqichi “Qo`yliq-Qipchoq” uchastkasi, 9 ta bekat va 1 ta deponi foydalanishga topshirish;

  • 30 ta elektrovozlar va 10 ta metro poezdlarini (40 ta vagon) xarid qilish yo`li bilan parkini yangilash;
  • “Pop-Namangan-Andijon” yo`nalishining 145,1 km temir  yo`l liniyasini elektrlashtirish;
  • Samarqand xalqaro aeroportining soatiga 1200 yo`lovchiga xizmat ko`rsatish quvvatiga ega yangi terminalini ishga tushirish;
  • “Uzbekistan Helicopters” MChJ tomonidan 4 ta zamonaviy vertolyotlar xarid qilish rejalashtirilgan.

 

Avtomobil transporti sohasida

Jamoat transportini rivojlantirish, aholi punktlari o`rtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bog`laydigan uzluksiz avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilish orqali ko`paytirish maqsadida 2021 yilda:

jami 108 ta yangi muntazam avtobus yo`nalishlarini tashkil etish shundan 57 tasi shahar atrofi-qishloq hududlariga olib boruvchi yo`nalishlarni ochish;

jamoat transporti etib bormagan 1 113 ta mahallalarni transport bilan ta`minlash;

avtotransport parkini yangilash maqsadida jami 614 ta yangi avtobuslar harid qilish;

12 ta avtostansiyalarda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar-aprel oylarida 18 ta yangi avtobus yo`nalishi ochildi, 45 ta yangi avtobus harid qilindi va 955 ta mahallalar jamoat transporti bilan ta`minlandi 

Yo`nalishsiz taksilar uchun yangi soddalashtirilgan talablar ishlab chiqildi.

17 ta avtovokzal va avtostansiyalarni davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlik sub`ektlariga berish, jumladan 14 ta avtostansiyalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi.

Yo`lovchi tashish yo`nalishlariga tashuvchilarga biriktirish tender jarayonlarini to`liq raqamlashtirish va joriy yil 1 iyuldan onlayn elektron tender platformasi orqali amalga oshirish.

Shahar va qishloqlarda avtobusda yo`lovchilar tashish tizimini takomillashtirish hamda muntazamligini ta`minlash maqsadida norentabel yo`nalishlarni subsidiyalash tizimini amaliyotga joriy etish ko`zda tutilgan.

Temir yo`l transporti sohasida

Temir yo`llarda logistika xizmatlarini rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan  2021 yilda eksport qatnovida tashiladigan yuklarni tashishda xalqaro tarif stavkalari o`rniga 60 foizgacha kamaytirilgan mahalliy tarif stavkalari qo`llanilmoqda, shuningdek import qatnovida yuklarni tashishda 50 foizgacha, hamda tranzit qatnovida Tojikiston, Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston va Afg`oniston yuklarini tashishda 50 foizgacha chegirmalar taqdim etilmoqda. Taqdim etilgan chegirmalar natijasida yuk tashish xajmi, shu jumladan tranzit qatnovida oshishi kutilmoqda.

Xorijiy ekspertlar (BCG va Dutsche Bahn) takliflaridan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining temir yo`l transporti sohasidagi tarkibiy islohotlar to`g`risida”gi qaror loyihasini qabul qilish.

Shovot-Qorao`zak yangi temir yo`l liniyasini hamda Amudaryo ustidan o`tuvchi temir yo`l va avtomobil yo`li qo`shma ko`prigini qurish loyihasi doirasida 2021-2024 yillar davomida jami 173,8 mln. dollarlik 79 km yangi temir yo`l va 417 metrlik temir yo`l va avtomobil qo`shma ko`prigini qurish.

Yil yakuniga qadar 1200 ta yuk va 30 ta yo`lovchi vagonlarini qurish, shuningdek, 180 km temir yo`l liniyalarini reabilitasiya qilish.

Havo transporti sohasida

O`zbeksiton Respublikasi Prezidentining “Fuqaro aviasiyasi korxonalarini transformasiya qilish va qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash yuzasidan aholi mobilligi va yo`lovchi tashish hajmini oshirish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ faoliyatini “gibrid” biznes modeli (full service carrier + LCC) asosida yo`lga qo`yish, 4 ta Airbus-320 havo kemalarini to`liq iqtisod klassga (full econom) o`tkazish va aviakompaniya tarkibida “Loukost” aviakompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Aeroportlar, temir yo`l va avtobus vokzallarida kirib-chiqishni soddalashtirish, zarur sharoitlar yaratish hamda vokzallar va ularga tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda kirib-chiqishlariga ruxsat berish va ularga tegishli hududlarda umumiy ovqatlanish joylarini tashkil etish, chakana savdo hamda xizmat ko`rsatish faoliyatini tashkil etish.

Xalqaro aeroportlar hududida barcha turdagi yo`lovchi avtotransport vositalariga aeroportlarning estakadasidan foydalanishga ruxsat berish;

Toshkent xalqaro aeroportini rivojlantirish va modernizasiya qilish orqali yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish quvvatini 2 barobarga oshirish yoki soatiga 2,5 ming yo`lovchiga etkazish rejalashtirilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar