Ijtimoiy tarmoqda "Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?" sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, video lavha joriy yilning 8 may kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Mustaqillik ko`chasida tuman IIB boshlig`i "Damas" haydovchisiga tovush chiqaruvchi moslamasini bosganligi bois e`tiroz bildirgan. YHXB xodimi haydovchidan me`yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so`raganligi, o`zaro muloqot vaqtida xodim muomala madaniyatidan chetga chiqqanligi holati aks etgan.
Shuningdek, haydovchining me`yoriy hujjatlari to`liq bo`lmaganligi bois ma`muriy bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






