2021 yilning 10 may kuni J. Azamat “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko`ra, shu kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati, Oqqo`rg`on tumani Mustaqillik ko`chasida joylashgan “Avto sug`urta” binosiga tanishi 33 yoshli A. Azamga tegishli “Lasetti” avtomashinasida "Sevara" ismli qiz bilan kelib, sug`urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini "Sevara" ga tashlab binoga kirib ketganini, qaytib chiqqanlarida esa avtomashinasi joyida yo`q bo`lib qolganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.






