Chilonzor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 18 aprel kuni taxminan soat 15.30 da bozorlardan birida 20 yoshli Umid F. 55 yoshli Madiyor B.ning chalg`iganidan foydalanib, uning sumkasidan 11.000.000 so`m pulni o`g`irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tez orada gumonlanuvchi aniqlanib, jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo`lga oligan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2-qismi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.