1

Jinoyat ishlari bo`yicha Xonqa tuman sudi raisi avtohalokat sabab vafot etdi

Jamiyat 17.05.2021, 18:19
Teglar: Suyalar Oliy kengashi
Jinoyat ishlari bo`yicha Xonqa tuman sudi raisi  avtohalokat sabab vafot etdi

Jinoyat ishlari bo`yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab bu dunyoni bevaqt tark etdi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

1978 yilda tavallud topgan M. Qilichev faoliyatini Xalq banki Xorazm viloyati Xiva filialida oddiy ishchilikdan boshlagan edi. Oliy tahsildan so`ng fuqarolik ishlari bo`yicha Xorazm viloyati sudida kotib, Xiva tuman tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi axborot maslahat konsalting markazining huquqiy maslahatchisi, advokatlik firmasi rahbari vazifalarida ishladi.

2012-2017 yillarda jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shko`pir tuman sudining raisi, vafotiga qadar jinoyat ishlari bo`yicha Xonqa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Darakchi.uz jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik  bildiradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1