1

O`zbekistonlik o`quvchilar ilk bor Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi

Jamiyat 17.05.2021, 19:26
O`zbekistonlik o`quvchilar ilk bor Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi

O`zbekistonlik o`quvchilar ilk bor 21-Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining Matbuot kotibi xabar qildi.

2021 yilning 17-24 may kunlari Tayvan Respublikasi tomonidan onlayn tarzda o`tkazilayotgan 21-Osiyo fizika olimpiadasida O`zbekiston terma jamoasi ilk bor ishtirok etmoqda.  

25 ta davlatdan o`quvchilar qatnashayotgan mazkur Olimpiadada O`zbekiston sharafini 8 nafar o`quvchi himoya qiladi.  

Terma jamoa a`zolari xalqaro fizika olimpiadasiga saralashning 2-bosqichida eng yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o`quvchilardan shakllantirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1