O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 18 mayda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi. Respublika bo`yicha havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-35° ni tashkil etadi, janubda va cho`l hududlarida 38° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 32-34° gacha ko`tariladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qiqsqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar yog`ishi hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.






