Toshloq tumani. 2021 yilning fevral oyida P.A. Q.D.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan “Matiz” rusumli avtomashinasini 3.700 AQSh dollariga sotib olishga kelishgan. Oldindan 100 AQSh dollarini berib, qolgan 3.600 AQSh dollarini bir oy muddatda berishni aytib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






