Mirzo Ulug`bek tuman gaz ta`minoti bo`limining xabar berishicha, tumanimizdagi Qorasuv-1 mavzesida joylashgan «Chimyon» va «Sultoniya» mahallalari hududidagi er usti past bosimli gaz quvurlarini boshqa xavfsiz joyga ko`chirish ishlari olib boriladi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan 2021 yil 18 may kuni soat: 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilariga gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Aholi iste`molchilari:
- Qorasuv-1 mavzesi, «Chimyon» va «Sultoniya» mahallalari hududidagi 60 ta ko`p qavatli uylar (3 mingta xonadon).
"Mirzo Ulug`bek tuman gaz ta`minoti bo`limi" gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilishi haqida aholi va ulgurji tabiiy gaz iste`molchilari ogohlantiriladi va uzr so`raydi.
"Gaz ta`minotini qayta tiklashda o`rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko`riladi" deyiladi xabarda.






