Ertaga, 2021 yil 18 may kuni mazkur yo`nalishida 4 reys bir kunga bekor qilinadi. Bu haqda “Toshkent MTU” UK, “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ xabar bermoqda.
Soat 09:30 dan 16:30 gacha “Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli Qodirya – Oqqovoq stansiyalari oralig`idagi temir yo`lning 14-15 kilometrida kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu bois, joriy yil 18 may kuni harakat jadvali bo`yicha soat:
07:10 dagi – Toshkent – Xojikent;
10:10 dagi – Xodjikent – Toshkent;
14:06 dagi – Toshkent – Xojikent;
16:42 dagi – Xojikent–Toshkent yo`nalishlarida harakatini amalga oshiradigan 6429/6430 hamda 6435/6436-sonli shaharlararo yo`lovchi poezdlari qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan Toshkent – Xojikent yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi" deyiladi xabarda.






