️17 may kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 61546 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 14989 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 46557 nafarni tashkil qildi.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda jami 1346761 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1110101 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 236660 nafarni tashkil qildi.
17 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Farg`ona viloyati (11073 doza),
- Samarqand viloyati (7597 doza)
- Namangan viloyati (6285 doza),
- band qildi.
E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:
- Farg`ona viloyatida 181285 doza,
- Andijon viloyatida 165488 doza,
- Namangan viloyatida 146623 doza,
- Samarqand viloyatida 131268 dozani tashkil qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Hayit bayrami munosabati bilan e`lon qilingan 4 kunlik dam olish kunlarida vaksinasiya tadbirlari amalga oshirilmadi. Emlash jarayonlari davom etadi.






