AsosiyDunyo

Britaniya Facebook’ni soliq to`lashga majburlash usulini topdi

Facebook Buyuk Britaniyaga adolatli tarzda soliq to`laydi. Aprel oyida soliq solish transmilliy korporasiyasi qoidalariga o`zgartirishlar kiritiladi. 

Kompaniyalar mamlakatdan sun`iy daromadlarni chiqarish usullaridan foydalanishni yo`lga qo`yadi va Britaniya hukumati endi 25% yuqori daromad solig`i soladi, deb xabar berdi “Euronews” nashri. 

Jahondagi yirik Facebook ijtimoiy tarmog`i Britaniya reklama beruvchilari bilan bitimni Irlandiya orqali tuzib, soliqni ham Irlandiyaga to`lab kelgan. Bu erda esa soliq 12,5% ni tashkil qiladi. 

Facebook ning Buyuk Britaniyada obro`si yuqori bo`lsa-da, qancha pul ishlashi noma`lum. 2014 yil mobaynida Facebook 2,6 milliard sof foyda ko`rgan bo`lsa ham Buyuk Britaniyaga 4300 funt (5,5 ming evro) soliq to`lagan.

    Boshqa yangiliklar