AsosiyJamiyat

Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o`tkazildi — Rasul Kusherbaev

'Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o`tkazildi — Rasul Kusherbaev'ning rasmi

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o`tkazilibdi. Bunda deputat daxlsizligiga amal qilinmagan" deb yozmoqda deputat Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida. 

"Ushbu sessiyada Andijonda er sotuvchilarning kirdikorlarini fosh qilib yurgan deputatni prokuror taqdimnomasiga ko`ra daxlsizlik huquqidan mahrum qilishibdi.  

Katta ehtimol bilan  deputatlarni daxlsizlik huquqigayam tupurib tintuv o`tkazishga topshiriq berganlar er sotish ishlariga daxldor va deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib qamashga ishtiyoqmand "o`sha" shaxslar bo`lishi kerak.

Noqonuniy tintuv o`tkazilishiga kelganda taqdimnoma kiritgan qonun himoyachisi prokurorni ko`zi qaerda qoldi, degan savol ochiq qolayapti" deb yozmoqda deputat.

 

Ushbu yig`ilish haqida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Jahongir Jiyanov ham quyidagi fikrlarni bildirgan.

"Senati Kengashining Qaroriga zid ravishda tashkil etilgan Andijon shahar deputatlarining SESSIYaSI!

17 may kuni Andijon shahar Kengashining navbatdagi sesiyasi bo`lib o`tdi. Ammo ushbu sessiya doimgidan noodatiyroq bo`ldi. Nega desangiz bugungi sessiyada ochiq oshkoralik ko`rinmadi. Sessiyani o`zida qonun buzilishini bilib turgan bo`lsakda, ammo eshikni tagidan bunday bo`lishini kutmagandik. Yaxshi syurpriz bo`lmasada, kutilmagan holat qilishni uddalay olishdi.

Sessiya kun tartibiga yagona masala hokimning noqonuniy qarorlariga qarshi chiqayotgan va Andijon shahar prokurorini attestasiyadan o`tkazishni talab qilgan deputatni daxlsizlik huquqdan mahrum qilish edi.

Balkim shu munosabat bilan u daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi?..

Bugungi sessiya kun tartibidagi masala “muhokamasi” o`sha attestasiyadan o`tilishi talab qilingan Andijon shahar prokurori tomonidan kiritilgan 2021 yil 6 maydagi taqdimnoma bo`ldi.  

Shahar prokurorining taqdimnomasida ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokurordan Andijondagi "Er sotish sindromi" yuzasidan tekshirish o`tkazishni, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga nisbatan zid qaror qabul qilayotgan mas`ullarga javobgarlik masalasini ko`rib chiqishni so`ragan shahar Kengashi deputati Sh.Karimovni dahlsizlik huquqidan mahrum qilish to`g`risidagi masalani darhol ko`rib chiqish so`ralgan edi.  

Muhokama súzini qo`shtirnoqqa olishimning sababi mazkur masala bir tomonlama ko`rilib, afsuski uning g`ayriqonuniyligi va sessiya o`tkazilishi tartibi ham amaldagi qonunlarga zidligini bilib turgan (balki taalluqli qonun normalarini umuman BILMAGAN) ko`pchilik deputatlar Andijon shahar hokimi boshchiligida Xalq manfaatlari uchun kurashgan DEPUTATNI dahlsizlik huquqidan mahrum qilishdi.

Quyidagi asoslarga ko`ra bugungi bo`lib o`tgan sessiya noqonuniy deb hisoblayman.

- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi 154-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti”ning

- 11-moddasidaga zid tarzda prokuror taqdimnomasi dastlab "Reglament va deputatlik odobi" masalalari bo`yicha doimiy komissiya tomonidan ko`rib chiqilmadi.

- 12-moddasiga zid tarzda Kengash deputatlariga tanishib chiqish uchun tegishli hujjatlar taqdim e`tilmadi. Sessiya ochiq oshkora o`tkazilmadi va ommaviy axborot vositalari vakillari hokimlik majlislar zaliga kiritilmadi.

O`z o`rnida savol tug`iladi: O`zbekistonda Sessiya kun tartibida qonun buzilishi holatlari qachongacha davom etaveradi?

Hurmatli!.. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi SENATI RAISI Narbaeva Tanzila Kamalovna, nahotki shahar Kengashi tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Mamlakatimiz Prezidenti Farmon va qarorlari, Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid bo`lgan qarorlarni qabul qilayotgan mas`ullarga nisbatan hech qanday munosabat bildirilmasa yoki ularga choralar ko`rilmasa?" deyiladi. 

 

Afsuski ohirgi vaqtlarda Andijon shahar mas`ullarining xatti - harakatlari Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning: “Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolarning so`z erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitusiyaviy normaning ijrosini amalda to`liq ta`minlashimiz zarur” degan fikirlariga mutlaqo teskari tarzda amalga oshirilmoqda...

 

Aziz saylovchilar!.. Biz kimningdur qoralash yoki oqlash fikridan yiroqmiz! Biz har qanday holatda amaldagi qonunlarda belgilangan ustuvor, ya`ni adolat, ochiqlik (oshkoralik), mas`ullarning mansabidan foydalangan taziqlarsiz, xalq vakillari xalqimizning xohish irodasi tamoillari (prinsiplari) asosida ishlarni ko`rilishi va bajarilishi tarafdorimiz.  

 

Biz deputatlarni xalq sayladi (aslida shunday bo`lishi kerak) hokimlar emas. Va faoliyatimizga ham faqat va faqat xalq baho bersin (vallomatlar emas).

 

https://t.me/joinchat/AAAAAFRDeHBeMwlHz9j1mA

    Boshqa yangiliklar