AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent muzeylariga kirish bepul — hokimlik

'Bugun Toshkent muzeylariga kirish bepul — hokimlik'ning rasmi

18 may – Xalqaro muzeylar kuni bo`lib, u 1977 yildan beri nishonlab kelinadi.

Bu yili 18 may kuni barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” o`tkaziladi, o`nlab yangi ko`rgazmalar ochiladi. Bu kunda barcha muzeylar tashrifchilar uchun bepul xizmat ko`rsatadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lumot uchun, poytaxtda 50 ga yaqin muzey faoliyat yuritadi. Ular orasida davlat va xususiy, o`lkashunoslik va adabiy, tarixiy, texnik va boshqa ko`plab turdagi muzeylar mavjud. 

    Boshqa yangiliklar