AsosiyJamiyat

Farg`onada “Sobalt” to`xtab turgan “Zil”ga borib urildi. Yo`lovchi halok bo`ldi

'Farg`onada “Sobalt” to`xtab turgan “Zil”ga borib urildi. Yo`lovchi halok bo`ldi'ning rasmi

15 may kuni fuqaro H.Q. “Sobalt” rusumli avtomashinasini Chinobod MFY hududida boshqarib ketayotib, yo`l chetida to`xtab turgan haydovchi Q.J. boshqaruvidagi “Zil” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashib ketishi oqibatida, “Sobalt” yo`lovchisi K.G`. hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar berdi. 

“Sobalt” yo`lovchisi T.U va yo`l chetida bo`lgan voyaga etmagan piyoda B.B.lar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang`ara tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligini unutmang!

                  
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar