Shu yil 12 may kuni soat 16:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro Namangan tumanida joylashgan savdo do`konida, ushbu do`konda sotuvchi bo`lib ishlovchi, Namangan tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan fuqaro bilan o`zaro janjallashib, qo`lida bo`lgan osh pichoq bilan qoriniga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, 1994 yilda tug`ilgan fuqaro qorin o`ng yonbosh sohasidan qorin bo`shlig`iga kirib boruvchi sanchilgan kesilgan jarohati, shok anamiya og`ir darajasi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






