Shu kunlarda internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2021 yil 17 may kuni bo`lib o`tgan sessiyasida yuz bergan holatlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Internetda tarqalgan xabarlar ko`ra, ushbu sessiyasida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi ayrim deputatlarining daxlsizlik huquqiga rioya qilinmaganligi qayd etilgan.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.
Unda, Andijon shahar Kengashi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilish bo`yicha prokuror taqdimnomasi dastlab “Reglament va deputatlik odobi” masalalari bo`yicha doimiy komissiyada ko`rib chiqilmasdan sessiya kun tartibiga kiritilganligi, sessiya materiallari deputatlarga tanishib chiqish uchun oldindan taqdim etilmaganligi, sessiya ochiq oshkora o`tkazilmaganligi ta`kidlangan.
Mazkur holat Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko`maklashuvchi komissiyasi tomonidan nazoratga olinib, o`rganish ishlari olib borilmoqda.
O`rganish natijalari to`g`risida qo`shimcha ma`lumot beriladi.






