AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaroning suratlarini internetda tarqatish bilan qo`rqitib, katta miqdorda pul talab qilgan ayollar qo`lga olindi

'Toshkentda fuqaroning suratlarini internetda tarqatish bilan qo`rqitib, katta miqdorda pul talab qilgan ayollar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, G.Yu. va N.I. ismli ayollar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni shaxsiy video va fotosuratlarini internet tarmoqlarida tarqatish orqali sharmanda qilish bilan qo`rqitib, undan tovlamachilik yo`li bilan 8 000 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan G.Yu. va N.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Fuqarolarning shaxsiy hayoti to`g`risidagi ma`lumotlarni uning roziligisiz yig`ish yoki tarqatish qonunga muvofiq ma`muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo`lishini eslatib o`tamiz.

Ushbu qilmish uchun qonun oldida javob berish barobarida, fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizlik huquqini buzishingiz mumkinligini unutmang!

Boshqa yangiliklar