Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Baxtiyor Rahmonovning Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani “Usta Normat” mahalla fuqarolar yig`ini raisi Alisher Ikromovni turli nojo`ya so`zlar bilan haqoratlab, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani aks etgan xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati bergan dastlabki ma`lumotlar ko`ra, A.Ikramov joriy yilning 9 may kuni u “Usta Normat” mahallasi Dehqonobod ko`chasida joylashgan, B. Rahmonovning ota uyiga chaqirtiriladi. U bu erda o`zining xizmat vazifasiga aloqador bo`lmagan, umuman boshqa bir masalaning bajarilmaganligi bo`yicha B.Rahmonov tomonidan turli nojo`ya so`zlar bilan haqoratlanadi, hatto unga nisbatan jismoniy kuch ishlatiladi.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan "Darakchi" muxbiri Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani tomon yo`l oldi. Yaqin vaqt ichida voqea tafsilotlari batafsil o`rganiladi va aniq ma`lumotlar taqdim qilinadi.






