16 may kuni taxminan soat 12.00 da Bektemir tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, noma`lum ayol yuqori voltli elektr uzatuvchi tarmoq ustuniga chiqib, o`z hayotiga suiqasd qilmoqchi bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar qildi.
Voqea joyiga shu zahoti ichki ishlar organlari xodimlari etib kelishgan. Ko`rilgan choralar natijasida ayolning hayoti asrab qolindi. Uni erga tushirib, tibbiyot xodimlari nazorati ostida qilgan ishining sababi haqida savollar berildi.
Ayol eri bilan urishib qolgani sababli bu ishni qilganini ma`lum qildi. Er-xotinlar bilan profilaktik suhbatlar o`tkazilgan.






