AsosiyJamiyat

Penzada baxtsiz hodisaga uchragan andijonlik ona va bolaga yordam ko`rsatilmoqda

'Penzada baxtsiz hodisaga uchragan andijonlik ona va bolaga yordam ko`rsatilmoqda'ning rasmi

2021 yilning 28 fevralida Rossiya Federasiyasi Penza shahrida andijonlik fuqaro M.B 3 yoshli farzandi S.N.ni qarovsiz qolmasligi uchun ishxonasiga birga olib boradi. Shu kuni M.B.ning ishxonasida gaz balloni portlashi oqibatida ona-bola turli darajadagi kuyish jarohatini oladi va shifoxonaga yotqizilgan.

Fuqaroning yaqinlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yordam so`rab murojaat qildi, deya xabar qilmoqda Agentlik Axborot xizmati. 

Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar ko`rilishi natijasida:

- ish beruvchidan 150 ming rubl miqdorida kompensasiya undirib berildi;

- oilaviy ahvoli inobatga olinib, Andijon viloyati hokimiyati tomonidan 15 million so`m moddiy yordam puli ajratildi;

- tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida O`zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulxonasi bilan birgalikda Penza viloyati gubernatori bilan muzokaralar olib borilib, 17 mart kuni maxsus vertolyot yordamida Nijniy Novgorod shahridagi kuyish markaziga ko`chirildi;

-fuqaroga etkazilgan zararni sug`urta kompaniyasi va ish beruvchidan undirish maqsadida “Pravovoy sovetnik” MChJdan advokat yollanib, huquqiy choralar ko`rilmoqda;

M.B.ning farzandi salomatligi barqarorlashgani sababli bugun, 18 may kuni Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda yaqin qarindoshi hamrohligida Vatanga qaytarildi.

Ayni paytda M.B. homiylar ko`magida Nijniy Novgorod shahridagi maxsus shifoxonada davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar