Prezident Shavkat Mirziyoev mas`ullarga birlamchi tibbiyot muassasalarini dori va tibbiyot vositalari bilan qo`shimcha ta`minlashga joriy yil investisiya loyihalarini optimizasiyasi hisobidan 165 milliard so`m ajratish topshirig`ini berdi, deya videoselektor yig`ilishidan xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Buning evaziga birlamchi tibbiyot muassasalarida aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag` 3 baravarga ko`payadi – 5 mingdan 15 ming so`mga.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 50 mingdan ziyod hamshiralar to`liq o`qitilib, “tibbiyot brigadalari”ga biriktiriladi.
Yig`ilish davom etmoqda.






