AsosiySiyosat

Prezident “Qishloq shifokori” dasturi sust olib borilayotganini tanqid qildi

'Prezident “Qishloq shifokori” dasturi sust olib borilayotganini tanqid qildi'ning rasmi

Ayni paytda davom etayotgan videoselektor yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev “Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis va chekka hududlarga shifokorlarni jalb qilish ishlari sust olib borilayotganini tanqid qildi.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning ma`lum qilishicha, yig`ilishda ushbu dastur doirasidagi quyidagi kamchiliklar sanab o`tildi:

Olis va chekka hududlarda:

  • Atigi 36 nafar shifokorlar ishga qabul qilingan (Jizzaxda birorta shifokor bilan shartnoma tuzilmagan).
  • 143 ta shifokor lavozimi vakant (Shundan  Sirdaryo 34 ta, Surxondaryo 27 ta va Farg`onada 20 ta).
  • Ishga qabul qilingan tibbiyot xodimlariga 30 million so`mlik bir martalik to`lovni amalga oshirish ham endi boshlanmoqda (Navoiyda 6 nafar va Farg`ona 4 nafar).

Bu kamchiliklarni hisobga olib, mas`ullar va tuman hokimlari  10 ta tibbiyot oliygohi rektorlari bilan birga kamida 200 nafar bitiruvchini olis va chekka hududlarga ishga yuborish bo`yicha shartnomalar imzolaydi. Buning uchun ularga ikki hafta muxlat berildi.

 

Yig`ilish davom etmoqda.

Mavzuga doir:

Prezident tibbiyot sohasidagi 70 foiz muammolarga echim haqida gapirdi

"Mablag` ajratilyapti, lekin to`g`ri yo`naltirilmayapti". Prezident bepul tibbiy xizmat to`g`risida gapirdi

O`zbekistonda aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag` 3 baravarga oshiriladi

    Boshqa yangiliklar