Milliy matbuot markazida «O`zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni tomonidan matbuot anjumani o`tkazildi.
Anjumanda ta`kidlanishicha, hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod farmasevtika korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning ko`pchiligida xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan. Farmasevtika korxonalari tomonidan 90 farmakoterapevtik guruhlarga mansub 1700 dan ziyod turdagi dori vositasi ishlab chiqarilmoqda. O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan farmasevtika mahsulotlari ichki bozorni to`ldirish bilan birga o`nlab mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Anjumanda aholiga import o`rnini bosuvchi, sifatli va arzon dori vositalarini etkazib berish, soha korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi.





