1

Ukraina Savdo-sanoat palatasi raisi Toshkentdagi «TEXNOPARK»ga tashrif buyurdi

Jamiyat 18.05.2021, 22:17
Ukraina Savdo-sanoat palatasi raisi Toshkentdagi «TEXNOPARK»ga tashrif buyurdi

Bugun poytaxtdagi «TEXNOPARK»  mas`uliyati cheklangan jamiyatga Ukraina Savdo-sanoat palatasi raisi  Valeriy  Korol  boshchiligidagi  ishbilarmon  doiralar  vakillaridan  iborat  delegasiya  keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

 Ukraina  delegasiyasi  tarkibi  sanoat  va  ishlab  chiqarish  korxonalari,  savdo,  farmasevtika  kompaniyalari  hamda  xususiy  tadbirkorlardan iborat.

 Mehmonlar  «TEXNOPARK»ning  sanoat  ishlab  chiqarish  salohiyati  hamda  korxona  tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  turlarini ko`zdan kechirdi.

 Delegasiya  a`zolari  lift  va  eskalatorlar,  muzlatgichlar,  qolip  va  shtamplar,  suv  nasoslari,  sanoat  kondisionerlari,  shuningdek,  «Osten» brendi ostidagi «aqlli» gaz hisoblagichlarini  ishlab  chiqarish  jarayonini kuzatdi.

 Bundan  tashqari,  Ukraina  delegasiyasi  metall  konstruksiyalar  va  sendvich  panellar,  deraza  va  eshiklar  uchun  aksessuarlar,  panel  radiatorlar,  shuningdek,  alyuminiy  kompozit  panellari  ishlab  chiqarish  majmualari ishi bilan tanishdi.

20 may kuni Toshkentda O`zbekiston - Ukraina Ishbilarmonlar  kengashining  yig`ilishi,  shuningdek,  biznes-forum  hamda  “V2V” shaklidagi  uchrashuvlar bo`lib o`tadi. Tadbirlar doirasida hamkorlikni  rivojlantirish  rejalari, Ukrainada o`zbek mahsulotlari hamda Ukraina  mahsulotlarining O`zbekistondagi ko`rgazmalarini tashkil etish masalalari muhokama qilinadi. Biznes-forum doirasida qator ikki tomonlama  shartnomalarning imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Ukraina o`rtasidagi o`zaro savdo  hajmi  2020 yilda 449,6  million  dollarga  etdi,  bu  ko`rsatgich 2019 yilga  nisbatan  (345  million  dollar) 130 foizga ko`pdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1