1

O`zbek xalqi va san`at ahli buyuk Bahodir Yo`ldoshevni so`nggi yo`lga kuzatdi (video)

Jamiyat 18.05.2021, 22:55
O`zbek xalqi va san`at ahli buyuk Bahodir Yo`ldoshevni so`nggi yo`lga kuzatdi (video)

Avvalroq, O`zbekiston xalq artisti, san`at arbobi, taniqli rejissyor Bahodir Yo`ldoshev 76 yoshida vafot etgani haqida xabar qilgan edik. Ijodkorni so`nggi manzilga kuzatish marosimi Samarqand viloyatida bo`lib o`tdi. Bu haqda Zamon informasion dasturida ma`lum qilindi.  

Marhum o`zi tug`ilgan Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahridagi ota uyida so`nggi manzilga kuzatildi.  

Bahodir akani O`zbekiston xalqiga qilgan xizmati beqiyos. Chunki mustaqillikka erishilgandan buyon Mustaqillik, Navro`z bayramlarini, Konstitusiya kunlarini, yaxshi kunlarimizning tantanalarini Bahodir aka bosh bo`lib tashkillashtirgan, deydi O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev.

Bahodir Yo`ldoshev 70 dan ortiq spektakllarni tashkillashtirgan. U san`atkorlar oilasida tug`ilib o`sgan o`zbek rejissyurasining etakchisidir. U tashkil etgan spektakllarida milliy ma`naviy merosidagi rang-barangliklarni va jahon teatr san`ati yangiliklari o`zida uyg`unlashtirgan edi. 

O`zbek teatri Bahodir Yo`ldoshevning 40 yillik xizmatlari hissasiga taraqqiy topdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1