1

Sirdaryo viloyati hokimi Sardobadagi ta`lim sifatini ko`tarishga kelgan 5 nafar o`qituvchiga uy berdi

Jamiyat 19.05.2021, 09:20
Sirdaryo viloyati hokimi Sardobadagi ta`lim sifatini ko`tarishga kelgan 5 nafar o`qituvchiga uy berdi

Kecha, 18 may kuni Sardobada ta`lim darajasi yuqori bo`lmagan maktablarga boshqa hududdan borib faoliyat boshlagan 5 nafar o`qituvchiga Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev tashabbusi bilan zamonaviy uy-joylar tantanali ravishda taqdim etildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Oliy va birinchi toifaga ega bo`lgan o`qituvchilar tanlov asosida yangi qurilgan matematika faniga ixtisoslashtirilgan 1-davlat umumta`lim maktabiga Buxoro va Jizzax viloyatlaridan kelib ish boshladi.

O`qituvchilarga uylarni topshirish marosimida xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxodjaev, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Anvar Karimov, sohaning mutasaddi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, maktab pedagogik jamoasi ishtirok etdi. Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev tashabbusi bilan zamonaviy uy-joylar tantanali ravishda taqdim etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1