1

Buxoroda fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va`da qilib, 5 ming AQSh dollari olayotgan shaxs qo`lga tushdi

Jamiyat 19.05.2021, 10:03
Buxoroda fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va`da qilib, 5 ming AQSh dollari olayotgan shaxs qo`lga tushdi

Buxoro shahrida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

 Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.O. fuqaro H.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari orqali davlat tomonidan ajratilgan kvotalar asosida Koreya davlatiga ishlashga yuborishga va`da berib, 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agarda Siz xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lsangiz, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishlaringizni so`raymiz. Bu bilan, Siz nafaqat o`z xavfsizligingizni ta`minlagan bo`lasiz, balki kafolatlangan mehnat sharoitlariga ham ega bo`lasiz", - deya ogohlantiromqda Departament. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1