Xabaringiz bor so`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va internet saytlarida Andijonda 18 yoshdagi 5 oylik kelinchakning 5-6 nafar erkak tomonidan nomusiga tegilgani hodisasi keng muhokama qilinmoqda.
Mudhish hodisa Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olingan, shuningdek, viloyati hokimligi mazkur jinoyatni sodir etgan jinoyatchilar o`z qilmishlari uchun qonun oldida albatta javob berishini ma`lum qildi.
Ayni paytda "Darakchi" mazkur hodisa bo`yicha o`z surishtiruvini boshladi. Maxsus muxbirimiz tomonidan aybdorlar va jabrdiyda oila bilan uchrashib, hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda. Yaqin vaqt ichida butun O`zbekistonni oyoqqa turg`izgan Andijondagi ayanchli voqea haqida "Darakchi" gazetasi va "darakchi.uz" saytida aniq ma`lumotlar taqdim etiladi.






