1

Qoidabuzar haydovchi sodir etgan avtohalokat tufayli “Spark” avtomobilini boshqarib kelayotgan marg`ilonlik erkak fojiali o`lim topdi

Jamiyat 19.05.2021, 13:26
Qoidabuzar haydovchi sodir etgan avtohalokat tufayli “Spark” avtomobilini boshqarib kelayotgan marg`ilonlik erkak fojiali o`lim topdi

Yo`l qoidasi – umr foydasi, deb bejiz aytilmagan. Zero, har bir yo`lovchi va haydovchining yo`l harakati qoidalariga birdek amal qilishi qanchadan-qancha falokatlarning oldini olishi barchamizga ma`lum. Afsuski, oddiy ehtiyotkorlik qoidalariga ham har doim rioya etilavermaydi. Oqibatda boshqarish, tezlikni oshirish ko`pgina moddiy zararlar, ma`naviy yo`qotishlarga sabab bo`lib, inson hayoti va sog`lig`i uchun jiddiy xavf tug`dirmoqda.

Farg`ona viloyati Farg`ona shahar hududidan o`tgan 4R-145 “Farg`ona shahar aylanma yo`li” avtomobil yo`lining 10 km va Oq yo`l ko`chalari kesishgan svetafor bilan tartibga solingan chorraxasida, Qo`qon shaharida yashovchi Ahmedov “Spark” rusumli  avtomobilini svetoforni taqiqlovchi ishorasiga bo`ysunmasdan chorraxaga kirib kelib, svetaforni yashil chirog`ida chorraxaga kirib, svetoforning qizil chirog`ida chorraxani bo`shatib chapga qayrilayotgan, Marg`ilon shaharida istiqomat qiluvchi Qayumovga  tegishli “Spark” avtomobilni o`ng yon tomoniga urib, yo`l-transport hodisasini sodir etgan.

“Spark” rusumli avtomobil haydovchisi Qayumov tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur avtohalokat 2021 yilning 18-may sanasida ro`y berdi. Transport vositasini qoidalarga amal qilmay, boshqargan shaxs tomonidan sodir etilgan yo`l transporti hodisasi oqibatida Ravshanjon Qayumov fojiali o`lim topdi. Xolat yuzasidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1