Hukumatning tegishli qarori bilan (307-son, 18.05.2021 yil), Samarqand davlat universitetining Kattaqo`rg`on filiali tashkil etildi.
Shuningdek, qarorga ko`ra:
- Filialda ta`lim faoliyati 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi;
- Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on shahar, Amir Temur ko`chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik liseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
- kelgusi yillarda Filial uchun qo`shimcha o`quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;
- Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- o`qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta`minlaydi.






